#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Quduqsoy" mahallasida mahalla boshqaruvi va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
✅Bandixon tumanida mahallabay ishlash tizimini yanada takomillashtirish, quyi bo‘g‘in boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda qonunchilik hujjatlarining amaldagi ijrosini monitoring qilish borasida tizimli deputatlik nazorati choralari ko‘rilmoqda.
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 19-“Quduqsoy” saylov okrugi deputati G.Xolmatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Quduqsoy" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, navbatdagi nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.
✅Mazkur tadbir Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni talablari asosida tashkil etildi. Tashrif davomida deputat va kotibiyat xodimi tomonidan mahalla raisi va “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.
✅O‘rganishlar davomida mahallada "mahalla yettiligi" faoliyatini muvofiqlashtirish, xonadonbay xatlovlar natijasi, ehtiyojmand fuqarolar bilan manzilli ishlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati chuqur tahlil qilindi.
✅Tahliliy muhokamalar yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish, aholi muammolarini joyida bartaraf etish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yuksaltirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.