Новости

Kogon shahar Kengashi deputati Jo‘ra To‘rayev tashabbusi bilan Kogon shahridagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida Ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan samimiy davra suhbati tashkil etildi.
#tavsiyalar
#qonun_162
#deputatlik_nazorati

Kogon shahar Kengashi deputati Jo‘ra To‘rayev tashabbusi bilan Kogon shahridagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida Ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan samimiy davra suhbati tashkil etildi.

Go‘yo shu kuni sinfxonada oddiy suhbat emas, balki kelajak sari uchayotgan xayollar, ezgu niyatlar va katta orzular jam bo‘lgandek edi. Suhbat davomida ustozning inson hayotidagi o‘rni, uning birgina so‘zi shogird taqdiriga qanday ta’sir qilishi haqida fikr yuritildi.

Deputat Jo‘ra To‘rayev yoshlarni bilim olishga, zamonaviy kasblarni egallashga, vaqtni qadrlashga va ustozlar mehnatini e’zozlashga chorladi. O‘quvchilar ham o‘z fikrlarini bildirib, kelajakdagi orzulari bilan o‘rtoqlashdilar.

Zero, ustoz bergan bilim oddiy saboq emas, insonni kelajak tomon yetaklaydigan qanotdir. Ustozning duosi, nasihati va ishonchi esa shogird qalbida bir umr yashaydi. Chunki ustozga hurmat aslida kelajakka hurmatdir.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 4