Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Murzametova M. Yunusobod tumani 13-mavze, “Axilobod” MFY hududida joylashgan
246-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida g‘olib deb topilgan tashabbusning amalga oshirilish jarayoni bilan tanishdi.
🔹Tashrif davomida maktab binosining fasad qismini kapital ta’mirlash, tashqi devorlarini yangilash hamda ta’lim muassasasining tashqi qiyofasini obodonlashtirish ishlari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
🔹Deputat tomonidan ishlarning sifatli bajarilishi, belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi va o‘quvchilar uchun qulay hamda zamonaviy ta’lim muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
🏫Maktab binosining yangilanishi ta’lim muassasasining estetik ko‘rinishini yaxshilash, o‘quvchilar va pedagoglar uchun munosib sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi.
📌Deputatlik nazorati — aholi tashabbuslari va jamoatchilik manfaatlari amalda ta’minlanishining muhim vositasidir.
Bizni kuzatishda davom eting!