Новости

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

🤝 Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari I. Qo‘chqorova va K. Xakimovalar tomonidan Ko‘rkam diyor mahallasida faoliyat olib borayotgan mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud ijtimoiy masalalar, aholi murojaatlari hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan aholi bilan ishlash, fuqarolarning muammolarini o‘rganish va ularni hal etish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Muloqot yakunida mahalladagi dolzarb masalalarni hamkorlikda o‘rganish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda aholi manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 4