Новости

Uyg‘ur mahallasidagi ichki ko‘chalar holati o‘rganildi

Uyg‘ur mahallasidagi ichki ko‘chalar holati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikova tomonidan Uyg‘ur mahalla hududidagi ichki ko‘chalar va obodonlashtirish ishlari holati o‘rganildi.

♻️ O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki ko‘chalarning mavjud holati, yo‘l va yo‘l atroflarining obodonlashtirilishi, hududning tozaligi hamda aholiga qulay sharoit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

♻️ Hududda yashovchi fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi. Fuqarolar tomonidan ichki ko‘chalarni ta’mirlash, hududni yanada obodonlashtirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikrlar bildirildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3