Новости

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

🏢 Tadbirkorlik subyekti faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh. Eshbayev tomonidan Andijon mahallasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari, jumladan, hunarmandchilik yo‘nalishida mehnat qilayotgan fuqarolarning faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida hunarmandchilik bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorning ish jarayoni, faoliyat yo‘nalishi hamda mavjud sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Suhbat davomida tadbirkorning faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.

Bunday o‘rganishlar hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda hunarmandchilik yo‘nalishidagi faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4