Новости

Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o‘rganildi

Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan Beshboy mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.

🔹O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni turli ijtimoiy loyihalarga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🔹Mahalladagi yoshlarni xonadonbay o‘rganish, ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.

🔹Yoshlarni sport, madaniyat va san’atga jalb etish, turli tanlov va musobaqalarda ishtirokini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning murojaatlari bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi.

🔹O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, yoshlar bilan individual ishlash holati hamda aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3