Новости

Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o‘rganildi

Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan Tinchlik mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

🔰O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan mahallada aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromadlarini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔰Ishsiz va ish izlayotgan fuqarolarni aniqlash, ularni doimiy yoki mavsumiy ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.

🔰Aholiga imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish imkoniyatlaridan foydalanish, o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3