Новости

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

BETONLASHTIRISH ISHLARI JARAYONI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi doirasida hududda olib borilayotgan piyodalar uchun xavfsiz yo‘lak qurish ishlari jarayoni ko‘zdan kechirildi.

📍 O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va belgilangan talablarga muvofiqligi ko‘rib chiqildi.

🔎 Shuningdek, hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatini ta’minlash, piyodalar uchun xavfsiz yo‘lak qurish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi uchun qulay sharoit yaratish, amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli bajarilishini ta’minlashdan iborat.

Slide 1 of 4