35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Sessiya_oldi_organish
⚡️ Elektr ta’minoti bo‘yicha mavjud holat o‘rganildi


🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O.Tursunov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Hududiy elektr tarmoqlari Sherobod tuman bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida tumandagi elektr ta’minotining mavjud holati, iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, elektr tarmoqlari va infratuzilmasining holati, shuningdek, sohada uchrayotgan muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.

📊 Shuningdek, sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tegishli ma’lumotlar tahlil qilinib, amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

💡 Aniqlangan masalalarni bartaraf etish, elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli ma’lumotlar umumlashtirilib, navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqish uchun zarur takliflar shakllantirilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 6