35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

#tuman_hokimi

✔️Bugun tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Behzod Raxmatullayev mas’ullar hamda biriktirilgan vakillar bilan Taraqqiyot mahallasida kambag‘allik reyestrida turuvchi oila xonadonlarida bo‘lib, ularning ijtimoiy holati o‘rganildi.

✔️O‘rganishda oilalarning mavjud muammolari va ehtiyojlari tinglanib, ularni hal etish, zarur amaliy yordam ko‘rsatish, daromad manbalarini kengaytirish, ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✔️Jumladan, T. Begmatov, M. Shomurodova va Z. G‘ofurov xonadonlarida bo‘lib oilalarning sharoiti o‘rganildi. Tibbiy davolanishga ehtiyoji bo‘lgan fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilandi.

✔️Fuqarolarga davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish, oila daromadini oshirish hamda bandlikni ta’minlash bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 4