35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati B.Misratullayev tomonidan Buyuk Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning umumiy foydalanishdagi hududlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda mavsumni betalofat o‘tkazish uchun amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida ayrim kamchilik va muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas’ullar bilan masalalar muhokama qilindi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga sifatli tayyorlash yuzasidan tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

Slide 1 of 1