35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Migratsiyadan qaytgan fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 5-“Quruvchi” saylov okrugi deputati A.Isoqulov migratsiyadan qaytgan fuqaro bilan uchrashib, uning murojaatini tingladi.

Suhbat davomida fuqaroning mehnat ko‘nikmalari, qiziqishlari va ishga bo‘lgan ehtiyoji o‘rganilib, uni munosib ish bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi.

Deputat tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va bandlik imkoniyatlari haqida tushuntirish berilib, ishga joylashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, fuqaroning bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1