35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

📋 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Uchquduq tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍O‘rganish jarayonida bo‘lim tomonidan ekologik nazoratni samarali tashkil etish, qonun talablarining amaliy ijrosi, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

♻️Shuningdek, ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishi, nazorat tadbirlarining tashkil etilishi va bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning samaradorligi yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganildi.

Slide 1 of 3