Новости

MAHALLA OBODLIGI YO‘LIDAGI HAMKORLIK

               Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati S.Rayimqulova «Dehqonobod» mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, MFY raisi Tohirjon Jalolov bilan uchrashdi.Samimiy va ishchan ruhda o‘tgan muloqot davomida mahalla hududida amalga oshiriladigan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, aholi xonadonlarining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash hamda hudud infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha kelgusida qilinadigan muhim vazifalar kelishib olindi.Deputat va mahalla hamkorligidagi bunday tizimli chora-tadbirlar «Dehqonobod» mahallasining yanada ko‘rkam va yashash uchun qulay maskanga aylanishiga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 2