Uchquduq tuman hokimi Uchqun Yelmuratov rahbarligida Yo‘lchilar mahallasidagi ijtimoiy soha ob’ektlari faoliyati o‘rganildi.
Jumladan, 5-sonli umumta’lim maktabi, 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 36-sonli oilaviy shifokorlik punktida yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim va tibbiy xizmatlar sifati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Tashrif davomida muassasalarning moddiy-texnik bazasi, sanitariya holati, faoliyat samaradorligi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati tahlil qilinib, mutasaddilarning axborotlari tinglandi.
✅ O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda ijro intizomini kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.