Новости

🤝 Ijtimoiy himoya tizimi — doimiy e'tiborda

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat U. Raximjonov "Oltin vodiy" mahallasida bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va ularni o‘z vaqtida to‘lash jarayonlari atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish, fuqarolarning murojaatlariga tezkor va manzilli yechim topish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish yuzasidan mavjud muammolar va takliflar muhokama qilindi.

🌿 Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ehtiyojmand fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4