Новости

DEPUTAT AXBOROT BERDI:

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashiga
20-Galabotir saylov okrugidan saylangan deputat
A. Nishonov tomonidan joriy yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan saylovchilarga axborot berildi.

✅ Okrug hududidagi Chorbog‘tepa, Galabotir va O‘ray Elipok mahallalarida aholi bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazildi.

Murojaatlar asosida ichimlik suvi ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash va elektr energiyasidagi uzilishlarni bartaraf etish masalalari tuman mutasaddi tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘rganildi.

Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi va ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etildi.

Mahallalarda "To‘y va marosimlarni tartibli o‘tkazish", isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik hamda aholi bandligini ta’minlash borasida davra suhbatlari tashkil etildi.

"Deputatning asosiy vazifasi — xalq ichiga kirish, ularning dardu tashvishlari bilan yashash va qonuniy yechim topishdir." — A. Nishonov

📍 Deputat o‘z axborotida II chorakda ham saylov okrugidagi infratuzilmani yaxshilash, ayniqsa, mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratishini ta’kidladi.

Slide 1 of 1