Новости

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi sessiya oldi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid muhim masalalar, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiy islohotlarning hududdagi ijrosi yuzasidan mas’ul tashkilotlar axborotlari tinglandi.

Shuningdek, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, ular yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli tavsiya va xulosalari ishlab chiqildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, ularni sessiya muhokamasiga kiritish yuzasidan takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4