Новости

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining navbatdagi VII chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining navbatdagi VII chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari, mutasaddi idoralar mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning axborotlari tinglanib, deputatlar tomonidan har bir masala atroflicha muhokama qilindi. Muhokamalar davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, nuroniylar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul tashkilot va idoralarga aniq vazifalar hamda ijro muddatlari belgilandi. Shuningdek, qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash yuzasidan doimiy komissiyalar va deputatlar tomonidan parlament nazoratini izchil amalga oshirish belgilab olindi.

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi tomonidan hududni kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 14