Новости

Manzilli o‘rganish

O‘rganishlar davomida mahallalardagi ichki yo‘llarning bugungi holati, aholining harakatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda yo‘llarni ta’mirlash va shag‘allashtirish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hududdagi ayrim ichki yo‘llarda shag‘allashtirish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurligi qayd etilib, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ichki yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida masalalarni tegishli tartibda nazoratga olish belgilandi.

Slide 1 of 3