Новости

Qo‘ytoshda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi

Qo‘ytoshda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov hamda kotibiyatning bosh mutaxassislari Qo‘ytosh mahallasida aholi murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rgandilar. O‘rganish davomida mahallada kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish, ularni ro‘yxatga olish, tegishli tashkilotlarga yetkazish va ijrosini ta’minlash jarayonlari tahlil qilindi. Shuningdek, mahalla raisi bilan suhbat o‘tkazilib, joyida hal etilayotgan masalalar va fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan asosiy muammolar muhokama qilindi.Tahlillar natijasida murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish va har bir murojaatga o‘z vaqtida yechim topish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2