Новости

Deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida "Deputat kundaligi" topshirildi

Deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida "Deputat kundaligi" topshirildi

📌 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati tomonidan 6-Galaravot saylov okrugi deputati Rabbanaqulov Rustamxon Miraxmedxonovichga deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida maxsus "Deputat kundaligi" taqdim etildi.

🔹 Mazkur kundalik deputatning fuqarolar murojaatlarini tizimli ravishda qayd etishi, sayyor qabullar va uchrashuvlar davomida ko‘tarilgan masalalarni nazoratga olishi, deputatlik nazoratini samarali amalga oshirishi hamda hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan aniq choralarni belgilashga xizmat qiladi.

🔹 Ushbu amaliy tashabbus deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish, saylovchilar bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlash, hududdagi dolzarb masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning ijobiy yechimini ta'minlashga xizmat qiladi.                                             

Slide 1 of 2