Новости

Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.

Mazkur loyiha hududdagi transport qatnovini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish hamda yo‘l infratuzilmasini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Hozirda mutasaddi tashkilotlar tomonidan yo‘lning asosini mustahkamlash va sifatli asfalt qoplamasini yotqizish ishlari belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.

Deputat Sultonov Baxtiyor tomonidan hudud aholisining murojaatlari asosida ilgari surilgan ushbu tashabbus natijasida ko‘p yillardan buyon ta’mirtalab bo‘lib kelgan yo‘l zamonaviy ko‘rinishga keltirilmoqda.

Yo‘lsozlik ishlari yakunlangach, nafaqat avtomobillar harakati, balki piyodalar uchun ham yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratiladi.

Slide 1 of 1