Новости

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 27-sessiyasida viloyat Kengashi deputati Z.Yusupova tomonidan aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash muddatlari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga gaz yetkazib berish masalasi yuzasidan savol berildi.

#Kengash_sessiyalariga_oid
#27_sessiya

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 27-sessiyasida viloyat Kengashi deputati Z.Yusupova tomonidan aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash muddatlari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga gaz yetkazib berish masalasi yuzasidan savol berildi.

Mazkur savolga “Payariq tuman gaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i v.v.b A.O‘ralov javob berib, yangi texnikalar olib kelingani sababli gaz ballonlarini yetkazib berish muddati belgilangan me’yorga, ya’ni 45–50 kun oralig‘iga tushirilayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga suyultirilgan gaz ballonlari belgilangan tartib asosida yetkazib berilayotgani ta’kidlandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1