Новости

#Kengash_sessiyalariga_oid

#Kengash_sessiyalariga_oid
#27_sessiya

“Payariq tuman gaz” gaz taminoti bo‘limi boshlig‘i v.v.b A.O‘ralovning hisoboti yuzasidan

2026-2027-yil kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish va aholi hamda ijtimoiy soha ob’eklarini bir maromda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida, 2,6 km yer osti tarmog‘ini almashtirish orqali mukammal ta’mirlash reja qilingan bo‘lib, bugungi kunda 0,6 km (23%) ga Baxrin MFY, Baxrin qishlog‘ida bajarilgan.

Toxirshayx MFY Jog‘olboyli qishlog‘ida 0,9 km va M.Ulug‘bek MFY Kattachopdor ko‘chasidagi yer osti tarmoqlari mukammal ta’mirlanmoqda. 2026 yil II-chorak yakuni bilan ushbu ishlar tugallanadi.

Shuningdek, tumandagi 5 dona yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmasi mukammal ta’mirlash reja qilingan bo‘lib, shundan 2 (40%) dona yuqori bosimi gaz taqsimlash qurilmasi Zarafshon va Fidokor mahallasida mukammal ta’mirlandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 2