Новости

Последние новости

янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH VA TARMOQLARNI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLASH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
DEPUTAT JAMILA SHERMUHAMMEDOVA TALABA-QIZLAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA KANALIZATSIYA TARMOQLARINI YAXSHILASH VA OQOVA SUV TIZIMIDAGI NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDAGI IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARIDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI 197-SONLI MAKTABDA ILK RIVOJLANISH MARKAZI OCHILDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA ISSIQLIK TARMOQLARIDAGI AVARIYALARNING OLDINI OLISH VA ULARNI TEZKOR BARTARAF ETISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMINI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLASH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
“BELTEPA” MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PARLAMENT KOMISSIYASI GRANT TANLOVLARI G‘OLIBLARINI TASDIQLADI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI TOSHPO‘LAT MATIBAYEV 2026-YILNING UCHINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
QORAQO‘PPA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI VA PROFILAKTIKA INSPEKTORINING ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI

QORAQO‘PPA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI VA PROFILAKTIKA INSPEKTORINING ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Turdiyev tomonidan deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 6-bandi ijrosi doirasida Qoraqo‘ppa mahallasidagi xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektorining ish faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahallada huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, oilalardagi muammolarni barvaqt aniqlash hamda profilaktik tadbirlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
⚠️ O‘rganish jarayonida mahallada ikkita jinoyat — o‘g‘rilik va jinsiy daxlsizlikka qarshi jinoyat sodir etilgani, mazkur holatlar yuzasidan jinoiy ish yurituvlari davom etayotgani ma’lum bo‘ldi.
❗️ Deputat tomonidan jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish, xavf guruhiga kiruvchi oilalar va fuqarolar bilan individual ishlash, xotin-qizlarning huquqiy himoyasini ta’minlash hamda tegishli tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.
✅ Bunday o‘rganishlar mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning oldini olish choralarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1