DO‘STLIK MAHALLASIDA ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
Tuman Kengashi kotibiyati mudiri Amanov Baxtiyor Normatovich hamda tuman Xalq qabulxonasi mudir o’rinbosari hamkorlikda 24 ta tavsiya asosida Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ichki ko‘chalar holati, yo‘llar sifati va mavjud infratuzilmani ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish davomida mahalla ichki ko‘chalarining holati, yo‘l infratuzilmasi hamda aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
Mazkur jarayondan ko‘zlangan maqsad — mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilashga ko‘maklashishdan iborat.
Aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, ichki ko‘chalar holatini yaxshilash va infratuzilma bilan bog‘liq masalalarni hal etib murojaatlar ijobiy hal etildi bunday ishlar izchil davom ettiriladi.