Новости

Последние новости

янв.21
YUNUSOBOD TUMANI MARKAZIY KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
ABAY MEROSI — O‘ZBEK VA QOZOQ XALQLARI DO‘STLIGINING MA’NAVIY KO‘PRIGI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDAGI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASIDA TIBBIY XIZMAT SIFATI VA KADRLAR TA’MINOTI YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA KASALLIKLARNI ERTA ANIQLASH VA PROFILAKTIK TIBBIY KO‘RIKLAR QAMROVI YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
Frangiza Akramovaning "Muammoni eshitish boshqa, hal qilish boshqa" mavzusidagi maqolasi bilan tanishing.
янв.21
“YANGI DAVR” MAHALLASIDA SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK HOLATNI YAXSHILASH MASALASI DEPUTATLIK SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 28-sessiyasi 22-oktabr, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Zulfiya Mo'minovaning "Mehr uyi - biz yashayotgan uy" mavzusidagi maqolasi bilan tanishing.
янв.21
O‘ZBEKISTON VA POKISTON O‘RTASIDAGI KELISHUVLAR IJROSI PARLAMENT NAZORATI TARTIBIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Deputatlik nazorati — aholi muammolari yechimi yo‘lida!
ABAY MEROSI — O‘ZBEK VA QOZOQ XALQLARI DO‘STLIGINING MA’NAVIY KO‘PRIGI

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ABAY MEROSI — O‘ZBEK VA QOZOQ XALQLARI DO‘STLIGINING MA’NAVIY KO‘PRIGI

🏛 Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi “Abay” mahalla fuqarolar yig‘inida buyuk qozoq shoiri, mutafakkir va ma’rifatparvar Abay Qo‘nonboyev byustining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur madaniy-ma’rifiy tadbir o‘zbek va qozoq xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlik, qardoshlik, yaxshi qo‘shnichilik hamda ma’naviy yaqinlikning yorqin ifodasiga aylandi.

🔺 Tantanalarda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Serikbay Usenov hamda Toshpo‘lat Matibayev, Bektemir tumani hokimi Nurilla Abdurahmanov, Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerali Tog‘janov, Butunjahon qozoqlari hamjamiyati raisining birinchi o‘rinbosari Zauitbek Turisbekov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🤝 Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, o‘zaro hurmat va hamkorlikning tarixiy ildizlari, ikki xalqni birlashtirib turuvchi mushtarak madaniy qadriyatlar hamda ma’naviy merosning ahamiyati haqida fikr bildirdilar.
Deputat Serikbay Usenov ishtirokidagi mazkur tadbirda milliy madaniy markazlarning xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, milliy urf-odatlar, til va madaniy merosni asrab-avaylash hamda yosh avlodga yetkazishdagi o‘rni alohida e’tirof etildi.

📚 Deputatlar Serikbay Usenov va Toshpo‘lat Matibayev ishtirok etgan ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Abay Qo‘nonboyevning ilm-fan, ma’rifat, halol mehnat, adolat, insonparvarlik va komil inson tarbiyasiga bag‘ishlangan boy ijodiy merosining bugungi avlod uchun ham muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

📁 Abay asarlarida ilgari surilgan ezgulik, bilimga intilish, insoniy qadriyatlar va ma’naviy kamolot g‘oyalari nafaqat qozoq xalqining, balki boshqa qardosh xalqlarning ham ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

🎓 Ayniqsa, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning adabiyot, tarix va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, turli millat vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlashda bunday madaniy tadbirlarning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

📖 Tadbir doirasida Abay Qo‘nonboyev hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitob hamda fotoko‘rgazmalar tashkil etildi. Yoshlar buyuk mutafakkirning she’rlaridan o‘zbek va qozoq tillarida namunalar o‘qib, uning boy adabiy merosiga hurmat bajo keltirdilar.

🎶 Shuningdek, o‘zbek va qozoq xalqlarining milliy kuy-qo‘shiqlari, raqslar hamda sahnaviy chiqishlar namoyish etilib, marosimga bayramona ruh bag‘ishladi. Abay Qo‘nonboyev byusti poyiga gulchambar qo‘yilib, buyuk mutafakkir xotirasiga chuqur ehtirom ko‘rsatildi.

🗣 Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlari bilan ham mazmunan uyg‘un bo‘lib, hududlarda madaniy-ma’rifiy muhitni rivojlantirish, yoshlarning ma’naviy kamolotiga ko‘maklashish, milliy madaniy markazlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda madaniy merosni asrab-avaylash masalalarining ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.

♻️ Abay merosi — ikki qardosh xalqni ezgulik, ma’rifat va do‘stlik yo‘lida birlashtiruvchi bebaho ma’naviy ko‘prikdir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6