#deputat_nazorati
#24_ta_muhim_masala
#162_ta_qonun_ijrosi
NURLI PANGAT MAHALLASIDA MANZILLI O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi X.Abduvoxidov hamda tuman prokurori Sh.Salimov ishtirokida Nurli Pangat mahallasida tegishli reyestrga kiritilgan fuqarolarning xonadonlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning ijtimoiy ahvoli, kundalik hayotida duch kelayotgan muammolari va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.
Muloqot jarayonida murojaatlar tinglanib, mavjud muammolarni hal etish, fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.
Asosiy maqsad — har bir fuqaroning muammosini manzilli o‘rganish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli choralarni belgilashdan iborat.