#_Haftalik_ish_reja
#_deputat_faoliyati
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
#_24_talik_masala
Bog‘ishirin mahallasida fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining "8-G‘alaba" saylov okrugidan saylangan deputati X.Melikov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasriddinov Bog‘ishirin mahallasida manzilli o‘rganish ishlarini olib bordilar.
O‘rganish jarayonida mas’ullar mahalla hududida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qildilar va fuqarolarning murojaat hamda takliflarini tingladilar.
Muloqot davomida aholini qiynayotgan muammolar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha bildirilgan takliflarga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday manzilli o‘rganishlar fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, aholi muammolariga yechim topish hamda deputatlik nazoratini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.