Tadbirda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari F.Otaxonov, Andijon viloyati hokimligining mas’ul xodimi M.Xolmatov, Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi bosh mutaxassisi K.Sodiqov hamda Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashi raisi Sh.Xaytaxunov ishtirok etib, deputatlar bilan fikr
almashdilar. Uchrashuv davomida deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish, saylov okruglarida amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda
deputatlarning tashabbuskorligi va faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.