TUMANDA TASHQI REKLAMALAR HOLATI O‘RGANILDI
✅ Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X.Turdiyev tomonidan tuman hududidagi tashqi reklama vositalarining joylashtirilishi va umumiy holati o‘rganildi.
📍 O‘rganish davomida tashqi reklamalarning hudud ko‘rinishiga ta’siri, tartibli joylashtirilishi hamda belgilangan talablarga rioya etilishi masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ Tashqi reklama vositalarining tartibli joylashtirilishi, hududlarning obodligi va ko‘chalar ko‘rinishining saqlanishi muhim ahamiyatga ega.
👍 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish hamda tashqi reklama joylashtirish tartibiga rioya etilishini nazorat qilishga e’tibor qaratiladi.