Muammolarni o‘rganish va huquqiy yordam ko‘rsatish
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati I. Masharipov hamda “Madad” NNT Huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi O. Ataxanov Yangiyo‘l mahallasida yashovchi fuqaroning murojaatini birgalikda o‘rgandilar.
🔹 Murojaat mazmuni va mavjud muammolar tahlil qilindi.
🔹 Fuqaroga qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.
🔹 Muammoni hal etish bo‘yicha tegishli huquqiy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi.
Maqsad: fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda murojaatlarini samarali hal etishga ko‘maklashish.