Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#162_ta_qonun #Doimiy_komissiya_faoliyatidan 📌 DEPUTATLIK ODOBI: SESSIYA VA MAJLISLARDA QANDAY QOIDALARGA AMAL QILISH KERAK?
Eshmurodova Zulfizar Xo‘shboqovna Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi qoidalari masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, 21-“G‘urjak” saylov okrugi deputati.
Deputatlik odobi — xalq vakilining mas’uliyati, muomala madaniyati va Kengash faoliyatiga hurmatini namoyon etuvchi muhim mezondir.
📖 2-bob. Deputatlarning Kengash sessiyasi, doimiy komissiya va partiya guruhi majlislaridagi deputatlik odobi
✅ 1. Majlislarda ishtirok etish majburiyati Qoidalarning 8-bandiga muvofiq, deputat Kengash sessiyalarida, o‘zi tarkibida bo‘lgan doimiy komissiya va siyosiy partiya guruhi majlislarida ishtirok etishi shart. Ishtirok eta olmagan taqdirda, belgilangan tartibda tegishli rahbarlarni oldindan xabardor qilishi lozim.
✅ 2. Muomala madaniyati va tartibga rioya qilish 9-bandga ko‘ra, deputat: ▪️ Boshqa shaxslarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi haqoratli so‘zlardan foydalanmasligi; ▪️ So‘zga chiqqanlarning fikrini bo‘lmasligi va muhokamaga xalaqit bermasligi; ▪️ Boshqalarning o‘z nuqtayi nazarini erkin bayon etishiga to‘sqinlik qilmasligi; ▪️ Asossiz ayblovlar va bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot tarqatishdan tiyilishi; ▪️ Kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr bildirishi hamda Kengash Reglamenti talablariga rioya qilishi kerak.
✅ 3. Tashqi ko‘rinish va deputatlik hujjatlari Deputatning tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi Kengashga bo‘lgan hurmatni oshirishga xizmat qilishi lozim. Deputat o‘z vakolati va shaxsini tasdiqlovchi guvohnomani yonida olib yurishi, ko‘krak nishonini esa ko‘kragining chap tomoniga taqishi shart.
✅ 4. Odob qoidalarini buzganlik uchun choralar 10-bandga muvofiq, majlisda raislik qiluvchi qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan deputatni ogohlantirishi, uni so‘zlash huquqidan mahrum qilishi, majlislar zalini tark etishini talab qilishi yoki uning xatti-harakatlariga baho berish uchun Odob-axloq komissiyasiga murojaat qilishi mumkin.
✅ 5. Ovoz berish tartibi 11-bandga ko‘ra, deputat sessiya yoki majlisda shaxsan ovoz berishi shart. Ovoz berish huquqini boshqa deputat yoki o‘zga shaxsga topshirish odob qoidalarini buzish hisoblanib, belgilangan tartibda tegishli ta’sir choralariga sabab bo‘lishi mumkin.
✅ Xulosa: Deputatning majlislarda faol ishtirok etishi, qonuniy tartibga rioya qilishi, hamkasblariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi va shaxsan ovoz berishi — samarali va mas’uliyatli deputatlik faoliyatining muhim talablaridir.
📚 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023 yil 25 martdagi KQ-476-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloqi