YOSHLAR BANDLIGI VA ISH BERUVCHILARGA YARATILGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILADI
👥 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash hamda ish beruvchilar uchun yaratilgan imtiyozlardan foydalanish holatini o‘rganish maqsadida ishchi guruh shakllantirildi.
📑 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-iyuldagi 460-son qarori bilan tasdiqlangan vaqtinchalik nizomda belgilangan tartiblar, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi amaldagi qonunchilik talablari tahlil qilinadi.
🔎 Ishchi guruh tomonidan quyidagi masalalarga e’tibor qaratiladi:
✅ Yoshlarni ish bilan ta’minlash va doimiy bandligini oshirish holati;
✅ Ish beruvchilar uchun amalda mavjud imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari;
✅ Ijtimoiy soliq to‘lovlari va soliq hisobotlarining yuritilishi;
✅ Ish beruvchilar duch kelayotgan muammolar va ularning yechimlari;
✅ Mas’ul tashkilotlar faoliyati va hamkorlik samaradorligi.
🎯 Maqsad — yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijadorligini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan asosli takliflar ishlab chiqish.