Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 28-sessiyasi 22-oktabr, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Zulfiya Mo'minovaning "Mehr uyi - biz yashayotgan uy" mavzusidagi maqolasi bilan tanishing.
янв.21
O‘ZBEKISTON VA POKISTON O‘RTASIDAGI KELISHUVLAR IJROSI PARLAMENT NAZORATI TARTIBIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Deputatlik nazorati — aholi muammolari yechimi yo‘lida!
янв.21
“XURSHID” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI: IKKITA MUAMMO JOYIDA HAL ETILDI
янв.21
Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi
янв.21
IJTIMOIY SHERIKLIK KOMISSIYASINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHIDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
OLMAZOR TUMANIDAGI 15-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI “TINCHLIKOBOD” MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI 5-SONLI ISSIQLIK MARKAZINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Navbatdagi_sessiya_o'rganish
#Kotibiyat_mudir_ish_rejasi
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN MUHOKAMA O‘TKAZILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bosh ijtimoiy xodimi O.Yo‘ldoshov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuv davomida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Jumladan, mazkur masalaning mazmun-mohiyati, dolzarbligi hamda uning amaliy ahamiyati muhokama qilindi.

📌 Muloqot jarayonida ijtimoiy xizmatlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda mavjud masalalarni hal etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, sessiya kun tartibidagi masalani har tomonlama o‘rganish, tegishli ma’lumotlarni tahlil qilish va muhokama davomida bildirilgan takliflarni inobatga olish muhimligi ta’kidlandi.

✅ Uchrashuv yakunida mazkur masala yuzasidan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, masalani sessiyada atroflicha ko‘rib chiqish hamda tegishli taklif va tavsiyalarni shakllantirish bo‘yicha fikr almashildi.

Bunday uchrashuvlar sessiya kun tartibidagi masalalarni puxta tayyorlash, mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va hududda ijtimoiy masalalarni samarali hal etishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3