Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
SHAHRISABZ KO‘CHASIDA AVTOBUSLAR UCHUN TASHKIL ETILAYOTGAN BRT YO‘LAGI QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
POYTAXT METROPOLITENI FAOLIYATI VA YO‘LOVCHILARGA XIZMAT KO‘RSATISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA JAMOAT TRANSPORTI FAOLIYATI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILMOQDA
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDAGI KO‘P KVARTIRALI TURAR JOYLARDA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YOSHLARNING TAKLIF VA TASHABBUSLARI TINGLANDI
янв.21
YASHNOBOD TUMANIDAGI “KATTA QO‘YLIQ” MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING KOMMUNAL HOLATI VA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
YASHNOBOD TUMANIDAGI “QO‘YLIQOBOD” MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI TIZIMINI YAXSHILASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
YASHNOBOD TUMANIDAGI “YANGI DAVR” MAHALLASIDA KOMMUNAL SOHANI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN O‘RGANISHLAR O‘TKAZILDI
янв.21
YASHNOBOD TUMANIDAGI “MOHIRLAR” MAHALLASIDA KOMMUNAL SOHAGA OID MUAMMOLAR O‘RGANILDI
SHAHRISABZ KO‘CHASIDA AVTOBUSLAR UCHUN TASHKIL ETILAYOTGAN BRT YO‘LAGI QURILISHI O‘RGANILDI

#Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

❗️ SHAHRISABZ KO‘CHASIDA AVTOBUSLAR UCHUN TASHKIL ETILAYOTGAN BRT YO‘LAGI QURILISHI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyev bilan birgalikda poytaxtda jamoat transportining o‘z vaqtida harakatlanishini ta’minlash hamda avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash holati yuzasidan olib borilgan sessiyaoldi o‘rganishlarining yakuniy bosqichi tashkil etildi.

🔺 O‘rganishlarning yakuniy manzili Shahrisabz ko‘chasida avtobuslar uchun tashkil etilayotgan maxsus yashil yo‘lak — BRT (Bus Rapid Transit) loyihasi bo‘ldi. Deputatlar va soha mutasaddilari mazkur hududda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda jamoat transporti harakati uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

🚌 Jarayonda avtobuslar harakatini tezkor va uzluksiz tashkil etish, jamoat transportining belgilangan jadval asosida qatnovini ta’minlash, yo‘lovchilarning manziliga o‘z vaqtida yetib borishi uchun qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📉 Shuningdek, BRT yo‘lagi qurilishining borishi, yo‘l harakatini tashkil etish, transport oqimlarini tartibga solish, avtobuslar uchun ajratilayotgan yo‘laklarning samaradorligi hamda yangi infratuzilmaning umumiy transport tizimiga uyg‘unlashuvi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

🗣 Yo‘l harakatini tashkil etish markazi hamda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi mutasaddilari bilan loyihaning amalga oshirilishi, transport qatnovlari samaradorligini oshirish, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l infratuzilmasini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.

🔎 O‘rganish davomida jamoat transportiga ustuvorlik berish, avtobuslarning harakatlanish vaqtini maqbullashtirish, yo‘llardan samarali foydalanish va poytaxt transport tizimida zamonaviy infratuzilma yechimlarini joriy etish masalalariga e’tibor qaratildi.

♻️ Shu bilan Toshkent shahrida jamoat transportining o‘z vaqtida harakatlanishini ta’minlash hamda avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash holati yuzasidan tashkil etilgan sessiyaoldi o‘rganishlarining joylardagi jarayonlari yakunlandi.

⚖️ O‘rganishlar davomida “Paxtakor” transport o‘tish bog‘lamasi, Paxtakor/Oybek metro bekati hamda Shahrisabz ko‘chasidagi BRT loyihasi faoliyati va infratuzilmasiga oid masalalar ko‘rib chiqildi. O‘rganish natijalarini umumlashtirish, mavjud muammolarni tahlil qilish hamda jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5