Новости

Последние новости

янв.21
“XURSHID” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI VA AHOLI BILAN ISHLASH TIZIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“NAVRO‘Z DEHQON BOZORI”DA XAVFSIZLIK CHORALARI O‘RGANILIB, O‘RGANISH ISHLARI YAKUNLANDI
янв.21
YEROSTI YONG‘IN GIDRANTLARINING TEXNIK HOLATI VA SUV TA’MINOTI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
QORASUV-6 DAHASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI VA YONG‘IN XAVFSIZLIGI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“YANGI AVAYXON” MAHALLASIDA FAVQULODDA VAZIYATLAR PROFILAKTIKASI VA MAHALLA “YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
POYTAXTDA ISSIQLIK TA’MINOTI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“KO‘KCHA” MAHALLASIDA ZAMONAVIY BOLALAR MAYDONCHASINI BARPO ETISH MASALASI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
MUSIQA VA SAN’AT MAKTABINING MODDIY-TEXNIK HOLATI HAMDA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARINING KADRLAR SALOHIYATI VA ISTE’DODLI YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDAGI 15-SON BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABIDAGI O‘RGANISHLARDAN FOTOLAVHALAR
“XURSHID” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI VA AHOLI BILAN ISHLASH TIZIMI MUHOKAMA QILINDI

#24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

❗️ “XURSHID” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI VA AHOLI BILAN ISHLASH TIZIMI MUHOKAMA QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov tomonidan Uchtepa tumanidagi o‘zi saylangan 23-saylov okrugiga qarashli “Xurshid” mahallasida “Mahalla yettiligi” vakillari va mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov ham ishtirok etdi.

🔺 Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda “Mahalla yettiligi”ning faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda mas’ullarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan fikr almashildi.

🔎 Xususan, mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim hamda soliq inspektorining o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishdagi mas’uliyati va ularning aholi manfaatlarini ta’minlashdagi o‘rni muhokama qilindi.

🗣 Deputat Muxtor Ilhomov uchrashuv davomida “Mahalla yettiligi” faoliyatining samaradorligi, avvalo, aholining kundalik muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish va mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga bog‘liq ekaniga e’tibor qaratdi.

📋 Shuningdek, mahalla faollari va fuqarolarga “Mahalla yettiligi” a’zolarining vazifalari hamda vakolatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Bunda har bir mas’ulning faoliyat yo‘nalishi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tartibi va aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning ahamiyati haqida fikr yuritildi.

💼 Uchrashuvda yoshlar bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni mehnatga jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlarida mahalla yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisi faoliyatining samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Shu bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarning muammolarini manzilli o‘rganish, ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish masalalarida tegishli mas’ullarning hamkorlikda ishlashi muhimligi ta’kidlandi.

🛡 Mahallada osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarni tashvishga solayotgan masalalarni barvaqt aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashishda profilaktika inspektori hamda boshqa mas’ullarning o‘zaro hamjihatligi muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

♻️ Mazkur uchrashuv mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan mahalladagi yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim va soliq inspektori faoliyati samaradorligini o‘rganish, aholi bandligi hamda ijtimoiy himoya masalalariga e’tibor qaratish vazifalari bilan bevosita bog‘liq.

🔺 Muxtor Ilhomov mahalladagi mavjud masalalarni faqat murojaat kelib tushgandan keyin emas, balki ularni oldindan aniqlash, aholining ehtiyojlarini muntazam o‘rganish va har bir masalaga mas’uliyat bilan yondashish zarurligini ta’kidladi.

📁 Uchrashuv yakunida mahalla faollari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, fuqarolarning murojaat va takliflarini e’tibordan chetda qoldirmaslik, “Mahalla yettiligi” a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

💡 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov tomonidan mahallalarda aholi bilan bevosita muloqot qilish, “Mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rganish va fuqarolar manfaatlariga daxldor masalalarni ko‘rib chiqishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

🤝 Samarali faoliyat yuritayotgan “Mahalla yettiligi” — aholi muammolarini manzilli hal etish, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash va mahallalarda farovon muhitni shakllantirishning muhim bo‘g‘inidir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8