#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala
“Birdamlik” mahallasida Senat Kengashining KQ-35-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish va muloqot o‘tkazildi
Mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, aholi bandligini ta’minlash va quyi bo‘g‘in tuzilmalari samaradorligini yuksaltirishda deputatlar hamda “mahalla yettiligi” hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Bandixon tumanidagi “Birdamlik” mahallasida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 8-Birdamlik saylov okrugi deputati B.Rajabov hamda “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
1. Qaror ijrosi va vazifalar:
Senat Kengashining KQ-35-sonli qarorida belgilangan ustuvor vazifalarning mahalladagi ijro holati, xonadonbay ishlash tizimi hamda aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash mexanizmlari ko‘rib chiqildi;
2. Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish:
Mahalladagi ishsiz fuqarolar va yoshlarni foydali mehnatga jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi;
3. “Yettilik” hamjihatligi:
Mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, soliq inspektori, ijtimoiy xodim va profilaktika inspektorining o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
Uchrashuv yakunida mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, har bir fuqaroning murojaatiga e’tibor qaratish hamda belgilangan vazifalarni sifatli bajarish yuzasidan “mahalla yettiligi”ga tegishli tavsiyalar berildi.