Новости

Последние новости

янв.21
BANK-MOLIYA AKADEMIYASIDA USTOZ VA MURABBIYLARGA YUKSAK EHTIROM KO‘RSATILDI
янв.21
“Sharof Rashidov” mahallasidagi piyodalar yo‘lagini kengaytirish masalasi takroriy deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
BOLALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — 94-SONLI DMTTDA MAVJUD MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
Zamonaviy rahbarlikning asosi nimada? Vakolatdan ko‘ra muhimroq bir qadriyat bor: bu halollik. Uning jamiyat va davlat uchun ahamiyatini tahlil qilamiz.
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING YIGIRMANCHI YALPI MAJLISI O‘Z ISHINI BOSHLADI
янв.21
KATTA CHO‘PONOTA MAHALLASIDA USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZGA EHTIROM — YUKSAK QADRIYAT
янв.21
“ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI BOLALAR FUTBOL MAYDONCHASI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
Orolbo‘yi mahallasidagi “Yoshlik” suv sporti maktabi faoliyati o‘rganildi

O‘zbekistonda yoshlarni sportga keng jalb etish, ular uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish hamda sport inshootlaridan samarali foydalanishni ta’minlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu nuqtayi nazardan, hududlarda sport obyektlarining faoliyati, ularda yaratilgan sharoitlar va yoshlar qamrovi mahalliy Kengash deputatlari tomonidan ham o‘rganib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Marg‘ilon shahrida deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova hamda deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan 25-Orolbo‘yi saylov okrugi hududidagi Orolbo‘yi mahallasida joylashgan “Yoshlik” suv sporti maktabida olib borildi.

O‘rganish davomida sport maktabining faoliyati, suv havzasidan foydalanish samaradorligi, yoshlarni sport mashg‘ulotlariga jalb etish ko‘lami hamda mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda suv havzasida 70 nafardan ortiq o‘g‘il-qiz suzish mashg‘ulotlari bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Bu esa mazkur sport inshooti mahalladagi va shahardagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muayyan o‘rin tutayotganini ko‘rsatadi.

Muassasa faoliyatini yurituvchi T.Azimov boshchiligida jami 12 nafar xodim mehnat qilmoqda. Ularning 4 nafari suzish bo‘yicha murabbiy-trenerlardan iborat. Mashg‘ulotlarning mutaxassislar tomonidan olib borilishi yoshlarning suzish ko‘nikmalarini shakllantirish va sport mahoratini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Deputatlik o‘rganishi jarayonida sport maktabining moddiy-texnik bazasi, mashg‘ulotlarni tashkil etish holati, suv havzasidan foydalanish tartibi hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va yoshlar qamrovini yanada kengaytirish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Ayniqsa, sport maktabida shug‘ullanayotgan 70 nafardan ortiq yoshning mashg‘ulotlari muntazamligini ta’minlash, ular uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni saqlab turish muhimligi qayd etildi. Chunki suv sporti boshqa sport turlaridan farqli ravishda mashg‘ulotlarni tashkil etishda xavfsizlik, sanitariya-gigiyena talablari va mutaxassis nazoratiga alohida e’tibor qaratishni talab etadi.

Deputatlik nazoratining mazkur yo‘nalishdagi asosiy maqsadi mavjud holatni qayd etish bilangina cheklanmay, sport obyektlaridan aholining, ayniqsa, yoshlarning samarali foydalanishini ta’minlash, aniqlangan muammolarni mas’ullar bilan birgalikda bartaraf etish va yaratilgan imkoniyatlarning amaliy natijasini kuzatib borishdan iborat.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha sport maktabi faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish hamda aniqlangan masalalarni tegishli tartibda nazoratga olish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

“Yoshlik” suv sporti maktabi faoliyati deputatlik nazoratida qoladi.

Slide 1 of 8