Новости

Последние новости

янв.21
BANK-MOLIYA AKADEMIYASIDA USTOZ VA MURABBIYLARGA YUKSAK EHTIROM KO‘RSATILDI
янв.21
“Sharof Rashidov” mahallasidagi piyodalar yo‘lagini kengaytirish masalasi takroriy deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
BOLALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — 94-SONLI DMTTDA MAVJUD MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
Zamonaviy rahbarlikning asosi nimada? Vakolatdan ko‘ra muhimroq bir qadriyat bor: bu halollik. Uning jamiyat va davlat uchun ahamiyatini tahlil qilamiz.
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING YIGIRMANCHI YALPI MAJLISI O‘Z ISHINI BOSHLADI
янв.21
KATTA CHO‘PONOTA MAHALLASIDA USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZGA EHTIROM — YUKSAK QADRIYAT
янв.21
“ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI BOLALAR FUTBOL MAYDONCHASI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
#162_ta_qonun

Xalq deputatlari Oltinsiy tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududda “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonun talablarining ijrosi, kadastr obyektlarini hisobga olish, ularga oid ma’lumotlarning to‘g‘riligi va qonuniy yuritilishi holati joyiga chiqib o‘rganiladi.

O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 171-II-son “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek, ushbu sohadagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida amalga oshiriladi. Mazkur Qonunning asosiy maqsadi davlat kadastrlarini yuritish, kadastrga doir axborotni to‘plash va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi:
✅ hududdagi kadastr obyektlarining belgilangan tartibda hisobga olinganligi;
✅ yer, bino va inshootlar hamda boshqa kadastr obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va dolzarbligi;
✅ kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi holati;
✅ kadastr hujjatlarining belgilangan tartibda yuritilishi va saqlanishi;
✅ kadastr ma’lumotlarining yagona tizimga kiritilishi va yangilanib borilishi;
✅ hududdagi obyektlarning amaldagi holati bilan kadastr ma’lumotlarining o‘zaro muvofiqligi;
✅ kadastr obyektlaridan foydalanishda qonun talablariga rioya etilishi;
✅ fuqarolar va tadbirkorlarning kadastr masalalariga oid murojaatlari hamda ularni hal etish holati;
✅ kadastrga oid ma’lumotlarning qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etilishi.

Qonunga ko‘ra, Davlat kadastrlari yagona tizimi mamlakat va uning hududlarining tabiiy-iqtisodiy salohiyatini yagona davlat hisobida yuritish va baholashga xizmat qiluvchi ko‘p maqsadli axborot tizimi hisoblanadi. Davlat kadastrlarini yuritishda hududni to‘liq qamrab olish, yagona fazoviy koordinatalar tizimidan foydalanish, axborotning aniqligi va ochiqligi kabi prinsiplar belgilangan.

Deputatlar o‘rganishlari yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilishi, zarur hollarda masalalar tegishli doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilishi hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasiga olib chiqilishi mumkin.

Maqsad — hududda kadastr hisobining to‘g‘ri va to‘liq yuritilishini, kadastr ma’lumotlarining haqqoniyligini ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy huquqlarini himoya qilish hamda yer va boshqa ko‘chmas mulk obyektlaridan qonuniy va samarali foydalanish ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1