📌Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Sardor Suvonqulov «Parvoz» mahallasidagi 61-maktab direktori bilan uchrashib, ta’lim muassasasidagi mavjud holat va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
❗️Uchrashuv davomida «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun talablari, ta’lim oluvchilar uchun munosib va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash, maktabdagi mavjud infratuzilma hamda yechimini kutayotgan masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, maktabdagi kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq muammo aniqlanib, mas’ullar ishtirokida masala joyida ko‘rib chiqildi va muammo bartaraf etildi
✅Deputat tomonidan ta’lim sohasiga oid qonunchilik talablarining ijrosini o‘rganish, maktablarda o‘quvchilar uchun munosib sharoitlarni ta’minlash hamda aniqlangan masalalarning amaliy yechimiga ko‘maklashish ishlari davom ettirilishi ta’kidlandi