Новости

Последние новости

янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xavfsizlik sohasi
янв.21
USTOZ — KELAJAK ME’MORI
янв.21
“YO‘LIMIZGA MAYOQ BO‘LING, AZIZ USTOZ!” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM — KELAJAK AVLODGA E’TIBOR
янв.21
“Mohirlar” mahallasida jamoat transporti va yo‘l harakati xavfsizligiga oid uchta muhim masala deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumida Toshkent shahar Kengashi vakili ishtirok etmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
🔽Qo‘ziqorin yetishtirish — yangi daromad manbai

🔽Qo‘ziqorin yetishtirish — yangi daromad manbai

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati O. Sherov tashabbusi bilan “Dalmunobod” mahallasida aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirishga qaratilgan amaliy tashabbus yo‘lga qo‘yildi.
🔺Tashabbus doirasida mahallada qo‘ziqorin yetishtirish bo‘yicha o‘quv markazi tashkil etilib, fuqarolarga mazkur yo‘nalishda zarur bilim va ko‘nikmalarni berish, zamonaviy usullar asosida mahsulot yetishtirishni o‘rgatish maqsad qilingan.
🔺O‘quv mashg‘ulotlarida qo‘ziqorin yetishtirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, urug‘lik va xomashyodan foydalanish, parvarishlash, hosildorlikni oshirish hamda tayyor mahsulotni sotish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berib boriladi.
🔺Mazkur tashabbus orqali mahalla aholisini, ayniqsa, daromad manbaiga ehtiyojmand fuqarolarni kasbga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlash va xonadonlarda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish ko‘zda tutilmoqda.
🔺Bunday amaliy loyihalar aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda yangi daromad manbalarini shakllantirish hamda oilalar farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
🔺Ishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 2