Новости

Последние новости

янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xavfsizlik sohasi
янв.21
USTOZ — KELAJAK ME’MORI
янв.21
“YO‘LIMIZGA MAYOQ BO‘LING, AZIZ USTOZ!” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM — KELAJAK AVLODGA E’TIBOR
янв.21
“Mohirlar” mahallasida jamoat transporti va yo‘l harakati xavfsizligiga oid uchta muhim masala deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumida Toshkent shahar Kengashi vakili ishtirok etmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Yoyilma mahallasidagi «O‘r Ariq» ko‘chasi aholisi ichimlik suvi muammosi yuzasidan deputatga murojaat qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son Qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan tavsiyalar ijrosi doirasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashida deputatlik o‘rganishlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi fuqarolar bilan uchrashuv chog‘ida Marg‘ilon shahar «Yoyilma» mahallasi hududidagi O‘r Ariq ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholi ko‘chaning markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘i bilan ta’minlanmaganligi yuzasidan muammoni ko‘tarib chiqdi. Fuqarolarning bildirishicha, ko‘chaga hozirgacha markazlashgan suv tarmog‘i tortilmagan bo‘lib, qo‘shni xonadonlar suvni faqat o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda alohida-alohida tortib olgan. Bu esa aholining yagona va barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlanishi masalasini to‘liq hal etmagan.

Muammoning dolzarbligini inobatga olib, deputat X.Abdurahmonov «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan Marg‘ilon shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jaligi, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga rasmiy deputat so‘rovi yuborildi.

So‘rovda O‘r Ariq ko‘chasiga taxminan 600 metr uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘ini tortish imkoniyatini mas’ul mutasaddilar ishtirokida bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish, ko‘chadagi mavjud suv ta’minoti holatini texnik jihatdan baholash hamda aholini barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash so‘ralgan.

Deputatlik nazorati doirasidagi ushbu murojaat aholining kundalik ehtiyoji bo‘lgan ichimlik suvi ta’minoti masalasini hal etish, ko‘cha infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolarning munosib turmush sharoitlarini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 1