Новости

Последние новости

янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xavfsizlik sohasi
янв.21
USTOZ — KELAJAK ME’MORI
янв.21
“YO‘LIMIZGA MAYOQ BO‘LING, AZIZ USTOZ!” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM — KELAJAK AVLODGA E’TIBOR
янв.21
“Mohirlar” mahallasida jamoat transporti va yo‘l harakati xavfsizligiga oid uchta muhim masala deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumida Toshkent shahar Kengashi vakili ishtirok etmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
#24_ta_masala #6_band_ijrosi MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI



📌 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, 15-Istiqlol saylov okrugidan saylangan deputat Olimjon Dadajonov tomonidan Rasulobod mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla xotin-qizlar faoli Sevara Dexqonboyevaning faoliyati o‘rganildi.

✍️ O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish hamda turli ehtiyojlarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

👩‍🦰 “Ayollar daftari”ga jami 93 nafar xotin-qiz kiritilgan.

📊 Toifalar kesimida:
🔹 1-toifa — 41 nafar
Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar.
Ushbu toifaga bandligi ta’minlanmagan, ishlash istagida bo‘lgan va daromad manbaiga ega bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar kiritiladi.
💼 2-toifa — 2 nafar
Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagida bo‘lgan xotin-qizlar.
Mazkur toifadagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga kredit mablag‘lari ajratilib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlariga ko‘maklashilgan.
🏠 3-toifa — 4 nafar
Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar.
Jumladan, uy-joyi ta’mirga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatilgan.
🩺 4-toifa — 26 nafar
Tibbiy va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar.
Ularning sog‘lig‘i, ruhiy holati va ijtimoiy ehtiyojlarini yaxshilashga qaratilgan manzilli yordamlarni tashkil etishga e’tibor qaratilmoqda.
⚖️ 5-toifa — 20 nafar
Huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar.
Jumladan, nikohni bekor qilish (ajrim), yarashtiruv, sud, aliment va boshqa huquqiy masalalarda maslahat hamda amaliy yordamga ehtiyojmand xotin-qizlar bilan tegishli ishlar olib borilmoqda.

📌 Bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar:

✅ 41 nafar ijtimoiy ximoyaga muxtoj xotin-qizlarga yordam ko'rsatildi;
✅ 3 nafar ayolga uy-joyini ta’mirlash uchun qurilish materiallari olib berilgan;
✅ 26 nafar xotin qizlar faoliga tibbiy va psixoligik yordam korsatildi
✅ 20 nafar xotin-qizga huquqiy yordam ko‘rsatilgan.

👩‍👩‍👧‍👦 Deputat o‘rganishi yakunida xotin-qizlar bandligini yanada oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga kengroq jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2