Новости

Последние новости

янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xavfsizlik sohasi
янв.21
USTOZ — KELAJAK ME’MORI
янв.21
“YO‘LIMIZGA MAYOQ BO‘LING, AZIZ USTOZ!” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM — KELAJAK AVLODGA E’TIBOR
янв.21
“Mohirlar” mahallasida jamoat transporti va yo‘l harakati xavfsizligiga oid uchta muhim masala deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumida Toshkent shahar Kengashi vakili ishtirok etmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
Yoshlar bilan uchrashuvda ta’lim va tarbiya masalalari muhokama qilindi

#deputat_faoliyati #deputat_okrugida

Yoshlar bilan uchrashuvda ta’lim va tarbiya masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 15-Zarkamar saylov okrugidan saylangan deputat A.Xolmo‘minov tomonidan saylov okrugida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan ishlash, ularning ta’lim-tarbiyasiga e’tibor qaratish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan navbatdagi o‘rganish va uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida "KUnchiqish" mahallasida joylashgan 6- va 35-umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazildi. Unda ta’lim va tarbiyaning yoshlar hayotidagi o‘rni, puxta bilim olish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash, xorijiy tillarni o‘rganish hamda kelajakda o‘zlari uchun munosib kasb yo‘lini tanlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, turli to‘garak va ta’limiy mashg‘ulotlarga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.

Deputatlik faoliyati doirasida yoshlarning murojaat va takliflarini o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarni aniqlash hamda mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga ko‘maklashish muhim yo‘nalishlardan biri ekani ta’kidlandi.

Muloqot yakunida o‘quvchi yoshlarni Vatanga sadoqatli, bilimli, faol, tashabbuskor va intiluvchan bo‘lishga, o‘z ustida muntazam ishlashga hamda kelajakdagi maqsadlari sari dadil qadam tashlashga chaqirildi.

🇺🇿 Yoshlarning ta’limi, tarbiyasi va kelajagi — deputatlik faoliyatining e’tibor markazidagi muhim yo‘nalishlardan biridir.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4