Новости

Последние новости

янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xavfsizlik sohasi
янв.21
USTOZ — KELAJAK ME’MORI
янв.21
“YO‘LIMIZGA MAYOQ BO‘LING, AZIZ USTOZ!” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM — KELAJAK AVLODGA E’TIBOR
янв.21
“Mohirlar” mahallasida jamoat transporti va yo‘l harakati xavfsizligiga oid uchta muhim masala deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumida Toshkent shahar Kengashi vakili ishtirok etmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
Deputatga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik masalalari o‘rganildi

#Kunlik_ish_reja_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot
#162_ta_Qonun_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati

Deputatga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 22-Gulzor saylov okrugidan saylangan deputat E. Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov deputatga biriktirilgan tashkilot — Qiziriq tumani davlat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazida bo‘lib, tashkilot bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, deputatlik faoliyati doirasidagi hamkorlikdagi ishlarni tashkil etish hamda mavjud masalalarni muhokama qildilar.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-353-son «Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida tashkilot faoliyati, qonun ijrosini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlar hamda deputat va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, hamkorlikdagi ishlarni izchil davom ettirish belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2