Новости

Последние новости

янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xavfsizlik sohasi
янв.21
USTOZ — KELAJAK ME’MORI
янв.21
“YO‘LIMIZGA MAYOQ BO‘LING, AZIZ USTOZ!” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM — KELAJAK AVLODGA E’TIBOR
янв.21
“Mohirlar” mahallasida jamoat transporti va yo‘l harakati xavfsizligiga oid uchta muhim masala deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumida Toshkent shahar Kengashi vakili ishtirok etmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
XONADONLARDA AHOLI BANDLIGI VA DAROMAD MANBALARI O‘RGANILISHI DAVOM ETMOQDA

    Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Nurali Jo‘rayev mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda fuqarolarning daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Marmarobod mahallasidagi xonadonlarga kirib, oilalarning yashash sharoiti, bandlik holati va daromad manbalarini bevosita o‘rgandi.

    O‘rganish davomida ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish, xonadonlarda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish orqali oilalar daromadini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, xonadonlarga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 6