Новости

Последние новости

янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xavfsizlik sohasi
янв.21
USTOZ — KELAJAK ME’MORI
янв.21
“YO‘LIMIZGA MAYOQ BO‘LING, AZIZ USTOZ!” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM — KELAJAK AVLODGA E’TIBOR
янв.21
“Mohirlar” mahallasida jamoat transporti va yo‘l harakati xavfsizligiga oid uchta muhim masala deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumida Toshkent shahar Kengashi vakili ishtirok etmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
Olmazor tumanida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi
 Olmazor tumanida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari tomonidan navbatdagi Kengash sessiyasiga tayyorgarlik doirasida sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida Olmazor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limining faoliyati, hududda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda jamoat salomatligini muhofaza qilish yo‘nalishidagi vazifalar ijrosi atroflicha ko‘rib chiqildi.

🔹 Jumladan, hududdagi sanitariya holatini monitoring qilish va nazorat tadbirlarini tashkil etish;

🔹 yuqumli va ommaviy kasalliklarning oldini olish, ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik ishlar;

🔹 aholi, ta’lim va maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy ovqatlanish hamda boshqa ijtimoiy obyektlarda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi;

🔹 ichimlik suvi, oziq-ovqat mahsulotlari va atrof-muhit sanitariya holati ustidan nazorat;

🔹 aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar tomonidan ko‘rilayotgan choralar;

🔹 murojaatlar bilan ishlash, fuqarolarning sanitariya va jamoat salomatligiga oid masalalarini ko‘rib chiqish holati;

🔹 xizmatning moddiy-texnik bazasi va mutaxassislar faoliyati bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.
📌 Shuningdek, o‘rganish davomida mavjud muammolarni bartaraf etish, sanitariya-epidemiologik barqarorlikni yanada mustahkamlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Sessiya oldi o‘rganish yakunlari asosida aniqlangan masalalar umumlashtirilib, navbatdagi Kengash sessiyasida muhokama qilish uchun tegishli takliflar shakllantirilmoqda.

🤝 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — hududda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, aholiga qulay va xavfsiz muhit yaratish hamda jamoat salomatligini muhofaza qilish borasidagi ishlarning samaradorligini oshirishdan iborat.
Slide 1 of 10